Sunʼiy intellekt jonzotlarning his-tuygʼularini oʼrgandi

0
183

Yapon olimlari sunʼiy intellekt yordamida tovuqlar nimani his qilishlarini tushunishga muvaffaq boʼlishdi. Tadqiqot natijalari Research Square jurnalida chop etildi.

Tokio universiteti mutaxassislarining fikriga koʼra, olimlar oldida tovuqlarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ularning psixo-emotsional holatini tushunishni oʼrganish vazifasi turgan. Natijada ular sunʼiy intellekt yordamida hayvonlarning kayfiyatini aniqlashga muvaffaq boʼlishdi.

Tadqiqot muallifi Adrian Devid Cheok soʼzlariga koʼra, tovuqlarning ovozini tahlil qilib, mutaxassislar maʼlum bir vaqtda qushlar – ochlik, qoʼrquv, gʼazab, qoniqish, hayajon yoki ogʼriqni his qilishini aniqladilar.

Tadqiqotchilar 80 ta hayvonni sinovdan oʼtkazishib, zoopsixologlar va veterinarlar yordami bilan sunʼiy intellekt qushlarning his-tuygʼularini juda aniq ifodalishiga ishonch hosil qildilar. Biroq, olimlar bu usulning cheklanganligi yaʼni sunʼiy intellekt zot va tildagi farqlarni hisobga olmasligini tan olishdi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here