AQSh Oliy sudi Trampni nomzod sifatida byulletenda qoldirdi

0
97

Alohida shtatlar endilikda Donald Trampga saylovda ishtirok etishni taqiqlay olmaydi. AQSh Oliy sudi seshanba kuni arafasida bu haqida qaror qabul qildi.

AQSh Oliy sudi Kolorado shtati sudyasining Donald Trampni Kapitoliyga hujumga aloqadorligi sababli prezidentlikka nomzodini qo‘ymaslik haqidagi qarorini bekor qildi. To’qqiz sudyadan iborat hay’at a’zolari Kongress qarorisiz  shtatlarning yakka o’zi nomzodni saylovda ishtirok etishini taqiqlovchi konstitutsiyaviy qoidaga murojaat qila olmaydi, degan qarorga keldi.

Oliy sudning aralashuvi Meyn va Illinoys tomonidan Trampga qarshi harakatlarni bekor qiladi. Qaror respublikachilarning Super seshanba kuni ovoz berishdan bir kun oldin qabul qilindi, bu Trampni Respublikachilar partiyasidan nomzodi sifatida ko’rsatishga asos bo’ladi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here