Hozirgacha qurilgan eng katta kosmik kemaning parvozi sakkiz daqiqa davom etdi.
SpaceX ikkinchi urinishida o‘ta og‘ir Starshipni koinotga uchirdi.
SuperHeavy raketasining ilk qismi kemadan ajralib chiqdi, biroq bir necha soniyadan keyin havoda portlab ketdi. Keyin Starship koinotga chiqdi, lekin tez orada u bilan aloqa uzilib qoldi va SpaceX kemaning o’zini o’zi yo’q qilish funksiyasini ishga tushirdi. Shunga qaramay, birinchi bosqichning ajralishini nisbiy muvaffaqiyat deb hisoblash mumkin.
Bu safar raketa havoda sakkiz daqiqa vaqt o’tkazdi – bu aprel oyidagi birinchi sinov parvozidan ikki baravar ko’p. Keyin bir vaqtning o’zida bir nechta dvigatellar ishdan chiqdi, shundan so’ng u nazoratsiz aylana boshladi va portladi.