XAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo’yicha kelishuv yaqin muddatda amalga oshiriladi

0
190

Garovga olinganlarning oilalari Isroil hukumatiga yaqinlarini qaytarish uchun bosim o’tkazishda davom etmoqda.

G‘azo sektoridagi XAMAS a’zolarining bir qismini garovga olganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv yakunlanish arafasida. Bu haqda Euronews telekanaliga Isroil hukumatidagi manbalar ma’lum qildi. Taxminiy kelishuvga ko’ra 3-5 kunlik o’t ochishni to’xtatish va falastinliklar, jumladan, voyaga yetmaganlarni Isroil qamoqxonalaridan ozod etilishi evaziga XAMAS tomonidan asirga olingan 40 nafar bola va 20 nafarga yaqin ayol va keksa ozod etilishi mumkin.

Manbalar AQSh hukumati G’azodagi gumanitar vaziyatni yumshatish va kasalxonalarni faoliyati uchun yana bir oz ko’proq yoqilg’i olib kirishga ruxsat berish uchun Isroilga bosim o’tkazayotganini aytmoqda.

Ayni paytda, ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish arafasida Isroil armiyasi G‘azoning ayrim hududlarida hujumlarini kuchaytirdi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here