HomeYangiliklarSoliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi

Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi

Qarorga ko‘ra, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilar taqiqlanadi:

  • soliq to‘lovchining hududiga kirish;
  • soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;
  • soliq to‘lovchining hujjatlarini talab qilib olish va uni chaqirtirish;
  • soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

2024 yil 1 yanvardan:

  • iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkaziladi;
  • soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi;
  • aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo‘yicha foizlar neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi;
  • to‘lov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati o‘tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy to‘lov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qo‘llashga yo‘naltirish tartibi o‘rnatiladi.

Aloqador maqolalar

Ko‘p o‘qilgan

Mutolaa

2024-yil noyabr soni