Iqlim inqirozidan qutqara oladigan qurilma yaratildi

0
383

Isroilning Carbon Blue kompaniyasi dengiz suvidan karbonat angidridni ajratishga qodir eksperimental qurilma yaratganini maʼlum qildi. Ixtirochilarning fikricha, bu usul Yerni global isishdan himoya qila oladi.

Iqlim oʼzgarishining asosiy sababchilaridan biri inson faoliyati natijasida atmosferaga juda koʼp miqdorda chiqariladigan karbonat angidridi sanaladi. Carbon Blue muhandislari bu jarayonni oʼzlari yaratgan qurilma yordamida teskari yoʼl bilan qaytarish mumkinligini aytishmoqda. Qurilma kimyoviy reaksiyalar yordamida karbonat angidridni toʼgʼridan-toʼgʼri atmosferadan emas, balki konsentratsiyasi oʼnlab baravar yuqori boʼlgan dengiz suvidan chiqaradi.

Tadqiqotchilarning fikriga koʼra, dunyo okeanlari iqlim oʼzgarishiga qarshi kurashda odamlarning asosiy ittifoqchisidir, chunki suv uglerodni faol ravishda oʼzlashtiradi va undagi suv oʼtlari hayot uchun zarur boʼlgan barcha kislorodning taxminan yarmini ishlab chiqaradi.

Olimlarning taʼkidlashicha, suvdan olingan karbonat angidriddan kelajakda neft mahsulotlari oʼrnini bosuvchi sifatida foydalanish mumkin.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here