Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizasini ma’qulladi

0
256

Shvetsiya va Finlyandiya o’zlarining betaraflik siyosatidan voz kechib, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin NATOga a’zo bo’lishni so’rashdi.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ma’qulladi va tegishli protokolni Turkiya parlamentiga ko‘rib chiqish uchun yubordi.

Stokgolm aʼzolikka qabul qilish jarayoni bir necha hafta ichida yakunlanishini kutmoqda. Vashington allaqachon bu imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid bildirgan.

Iyul oyida Vilnyusda boʻlib oʻtgan NATO sammitida Turkiya Oq uy Anqaraga 40 ta yangi F-16 qiruvchi samolyoti va modernizatsiya toʻplamlarini sotib olishga ruxsat berishini bildirganidan soʻng jarayonni blokdan chiqarishga rozi boʻldi, Shvetsiya esa terrorizmda gumon qilingan kurdlarni Turkiyaga topshira boshladi va Anqaraga Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishda yordam berishga vaʼda berdi.

Shvetsiyaning arizasi Vengriya tomonidan hali ratifikatsiya qilinmagan.

Eslatib o’tamiz, Finlyandiya aprel oyida Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirdi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here