HomeYangiliklarAyrim talabalarga konraktining 50 foizi to‘lab beriladi

Ayrim talabalarga konraktining 50 foizi to‘lab beriladi

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi. Kontraktning qancha qismi to‘lab beriladi? Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi? “Super kontrakt” ham to‘lab beriladimi? Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

  1. Xususiy universitetda o‘qiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?

Ha, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar O‘zbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda o‘qiyotgan bo‘lsa, kontrakt bo‘yicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida o‘qiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yo‘nalishi bo‘lishi kerak.

  1. Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?

Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln so‘m, uning kontrakti yarmi 20 mln so‘m bo‘ladi, lekin unga 20 mln so‘m emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, ya’ni 16 mln 500 ming so‘mgacha.

Talaba B ning kontrakti 20 mln so‘m, uning kontrakti yarmi 10 mln so‘m va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln so‘m to‘liq qoplab beriladi.

  1. “Super kontrakt” ham to‘lab beriladimi?

Yo‘q, “super” kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotganlarga ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi.

  1. Kimga murojaat qilish kerak?

Kontrakt “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi. Jamg‘arma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi hisoblanadi.

Shu sababli ariza yoshlar ishlari bo‘limiga beriladi.

Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.

Ariza berishning aniq muddati yo‘q, istalgan vaqtda berish mumkin.

  1. Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz ma’qul.

Sababi Siz ariza berganingizdan so‘ng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan bo‘lishi shart.

Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida ko‘rib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi o‘z tashabbusi bilan kontrakt pulini o‘tkazib berishi mumkin.

Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga o‘tkazib beradi.

Shunda jami 11 ish kunida ariza ko‘rib chiqilishi kerak.

Arizani ko‘rib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi bo‘lsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.

Murojaat qilish yoki boshqa huquqiy masalalar bo‘yicha savollaringizga advice.uz sayti orqali bepul maslahat oling.

Aloqador maqolalar

Ko‘p o‘qilgan

Mutolaa