Isroil rasmiylari 7-oktabr kuni XAMAS hujumlari oldidan birjadagi noodatiy savdo faoliyatini tekshirmoqda. Ba’zi birja o’yinchilari Isroilga rejalashtirilgan hujum haqida bilishgan va undan millionlab dollar ishlab olishga muvaffaq bo’lishgan.
Amerikalik tadqiqotchilar XAMAS jangarilari Isroilga hujum qilib, 1200 dan ortiq odamni o’ldirgan va o’nlab isroillik va xorijliklarni garovga olgan 7 oktabrgacha bo’lgan kunlarda bozor spekulyatsiyasining “sezilarli” o’sishini hujjatlashtirdi.
Ikki amerikalik huquq professori tomonidan tuzilgan “Terrorga qarshi savdo” hisobotida aytilishicha, ba’zi savdogarlar Xamasning Isroilga hujum qilish rejalari haqida bilishgan va bu ma’lumotlardan Tel-Aviv va Qo’shma Shtatlardagi birjalarda savdo qilish uchun foydalangan.
“Bizning natijalarimiz bo’lajak hujumlar haqida xabardor bo’lgan treyderlar ushbu fojiali voqealardan foyda ko’rganini ko’rsatmoqda”, deb yozadi Robert Jekson va Joshua Mitts.
Amerikalik professorlarning hisobotida Xamasning Isroilga hujumidan bir necha kun oldin Tel-Aviv fond birjasida (TASE) katta miqdordagi qisqa savdolar sodir bo’lganiga ishora qiladi. Bu kun ularning soni 200 mingdan oshdi, oddiy kunlarda esa bir necha baravar kam edi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida qisqa muddatli sotish amaliyoti yangilik emas, ammo 7 oktyabrdagi hujumdan oldingi hajm boshqa inqirozlar, shu jumladan 2008-yilda Lehman Brothers qulashi va Covid-19 pandemiyasidan keyingi tanazzulga qaraganda yuqori bo’lgan, deydi amerikalik olimlar.
Telegraph nashrining yozishicha, sarmoyadorlarning Isroil aksiyalaridagi chayqovchilikdan olgan foydasi 100 million dollardan oshishi mumkin.