Parij shahri havo transportini yoʼlga qoʼyadi

0
226

Parij 2024-yilgi Olimpiada oʼyinlari uchun aerotaksi xizmatini yoʼlga qoʼyishga vaʼda bermoqda. Loyiha tashkilotchilari mobillik sohasidagi inqilob haqida gapirishmoqda.

Yaqin orada Parijda shahar yoʼlovchilari havo orqali harakatlanishi mumkin boʼladi. 2024-yilgi Olimpiada oʼyinlari vaqtida elektr aerotaksi xizmatini yoʼlga qoʼyish rejalashtirilgan.

Pontuazedagi Yevropaning birinchi sinov terminalida Skyports kompaniyasining Yevropa va Yaqin Sharq boʼyicha infratuzilma boshligʼi Damian Kiseli jarayon haqida maʼlumot berdi. Dastlab, xizmatdan foydalanish uchun roʼyxatdan oʼtish lozim boʼladi. Soʼng aerotaksiga chiqish uchun navbatingizni kutasiz. Uchishdan taxminan 5 daqiqa oldin yoʼlovchidan aerotaksi bortiga chiqish soʼraladi.

Parvoz Parij atrofidagi beshta uchish portidan birida amalga oshiriladi, ulardan biri Senadagi suzuvchi barjada joylashgan.

Loyiha amalga oshishi uchun Fransiya poytaxti aholisi havoda elektr taksilar paydo boʼlishiga rozilik berishi qolmoqda. Loyihada faol ishtirok etayotgan Aéroport de Paris guruhi mazkur transport vertolyotlarga qaraganda 4 baravar shovqinsiz ekanligini taʼkidlamoqda.

Аerotaksi Germaniyaning Volocopter guruhi tomonidan ishlab chiqariladi. U yengil ikki oʼrindiqli samolyot koʼrinishida boʼlishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun kompaniya hozirda Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligidan ruxsat olish bilan band.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here