Vladimir Zelenskiy e’lon qilinmagan tashrif bilan Bryusselga keldi. Ukraina prezidenti NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi va Belgiya hukumati bilan muzokaralar olib boradi.
Vladimir Zelenskiy dastlab NATO mudofaa vazirlari va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ishtirokida “Ukraina mudofaasi bo‘yicha kontakt guruhi”ning ertalabki yig‘ilishida ishtirok etadi. Yig’ilishda ilk bor sentyabr oyi boshida tayinlangan yangi mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etadi.
Keyin Ukraina prezidenti tushlik paytida Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kro, mudofaa vaziri Ludivine Dedonder va tashqi ishlar vaziri Xadja Labib bilan uchrashadi. Ular Ukrainaga gumanitar va harbiy yordamni moliyalashtirish uchun muzlatilgan Rossiya mablag‘laridan soliq undirish, Rossiya olmoslari savdosini oldini olish uchun “Belgiya usuli” va F-16 samolyotlarini Kiyevga topshirish kabi bir qancha mavzularni muhokama qiladi.
Belgiya hukumati Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishi kutilmoqda va u bir nechta F-16 qiruvchi samolyotlarini o’z ichiga olishi mumkin.
NATOning uchta yevropalik a’zosi (Niderlandiya, Norvegiya va Daniya) oltmishta samolyotni yetkazishni va’da qilgan, biroq Ukraina hisob-kitoblariga ko’ra, unga ikki barobar ko’p samolyot kerak.