Isroil G’azo sektoriga “to’liq hujum” boshladi

0
100

To‘rtinchi kecha ketma-ket Isroil va HAMAS o‘rtasida havo hujumlari amalga oshirilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar soni ortib bormoqda. G‘azo shifoxonalari yaradorlar bilan gavjum va dori-darmonsiz qolgan.

Isroil va HAMAS havo hujumlarini almashishda davom etmoqda: to‘rt kun ichida G‘azo sektorida 2300 ga yaqin nishonga zarba berildi.

Har ikki tomondan qurbonlar soni muttasil ortib bormoqda: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1200 dan ortiq isroillik va 900 falastinlik halok bo‘lgan.

Bundan bir kun avval SAXAL o‘z hududida XAMAS jangarilarining 1500 dan ortiq jasadi topilgani haqida xabar bergan edi.

Gumanitar tashkilotlar Falastin tomonidan boshqariladigan hududga yordam yetkazish uchun koridorlar yaratilishini so‘ramoqda.

JSST va BMT deyarli qamal ostida qolgan G’azo sektoridagi kasalxonalar yaradorlar bilan gavjum va dori-darmon ta’minoti kamligidan xavotirda.

Isroil ittifoqchilarining ba’zilari ta’kidlashicha, “2 milliondan ortiq odamning jamoaviy jazolanishi, ularning aksariyati tinch aholi vakillari ekanligi – oqlab bo’lmaydigan harakatdir”.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here