Respublika loyihasidan uzoqlashgani uchun tez-tez tanqidga uchrayotgan Prezident Erdog’an dunyoviy davlat asoschisi xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Turkiyada respublika boshqaruvi e’lon qilinganining 100 yilligi Yaqin Sharqdagi urush paytiga to’g’ri keldi. Shu sabab bayram kichikroq miqyosda nishonlandi.
Anqarada Rejep Tayyib Erdo‘g‘on an’anaga ko‘ra, dunyoviy davlat asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gulchambar qo‘ydi.
Keyinroq davlat rahbari Istanbulda Bosfor bo‘g‘ozidagi harbiy-dengiz kuchlarining paradini tomosha qildi.
Yubiley Erdo‘g‘onning shanba kuni Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi mitingda Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblab, ishg‘olni qoralagan nutqi qisman soyasida qoldi.
May oyida qayta saylangan prezident mamlakat yangi asrga – “Turkiya asriga” qadam qo‘yayotganini ta’kidladi.