“Ukraina g’allasi” uchun 100 million dollar yig’ildi

0
105

Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya bosqinchiligi va Ukraina eksportini blokadasi xalqaro bozorlarning beqarorlashishiga va g‘alla importiga jiddiy qaram bo‘lgan hududlardagi vaziyatning yomonlashishiga olib keldi.

“Ukraina g‘allasi” insonparvarlik tashabbusi doirasida 25-noyabrgacha Ukraina g‘allasini eng ko‘p muhtoj bo‘lgan mamlakatlarga  yetkazish uchun 100 million dollar yig‘ildi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Shveytsariya va Latviya prezidentlari hamda Litva bosh vaziri bilan uchrashuvi yakunida aytib o‘tdi.

“Rossiyaning Qora dengizdagi tajovuzkorligi oziq-ovqat ta’minoti nuqtai nazaridan global xavfsizlikka jiddiy tahdid soldi, – dedi Ukraina prezidenti. “Ochlikdan qurol sifatida foydalanish genotsid siyosatining elementidir”.

Eslatib o’tamiz, 2023-yil iyul oyida Rossiya “don shartnomasi”dan chiqishini e’lon qildi. Ayni vaqtda Rossiya armiyasi Ukraina portlari va Ukrainadagi don infratuzilmasini o‘qqa tuta boshladi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here