Rossiya Ukrainaga eng yirik dron zarbasini berdi

0
212

Hujumning asosiy nishoni Kiyev edi, ammo Sumi, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Nikolaev va Kirovograd viloyatlari ham o‘qqa tutildi. Umuman olganda, Rossiya Ukraina hududini Eronda ishlab chiqarilgan 75 ta Shahed dronlaridan o’qqa tutdi, ulardan 74 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo’q qilindi, deya xabar beradi Ukraina Harbiy-havo kuchlari.

Shanba kuni ertalab Rossiya Ukrainaga bosqin boshlanganidan beri eng katta dron hujumini amalga oshirdi, dedi Ukraina Harbiy-havo kuchlari. Hujumning asosiy nishoni Kiyev edi, ammo Sumi, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Nikolaev va Kirovograd viloyatlari ham o‘qqa tutildi.

Havo hujumi oqibatida kamida besh nafar tinch aholi jarohatlangan, bir necha binolar, jumladan, bolalar bog‘chasi qulagan dronlarning parchalari tufayli zarar ko‘rgan.

Kiyevdagi hujum 77 ta turar-joy binosi va 120 ta muassasada elektr taʼminotida uzilishlarga olib keldi. Ukraina Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, hujum Kiyev viloyatida 17 ming kishini elektr energiyasidan mahrum qilgan.

Qish boshlanar ekan, Kiyev Rossiyaning energetika infratuzilmasiga yangi yirik hujumlariga tayyorlanmoqda va 2022 yil qishiga o‘xshash vaziyatdan qo‘rqadi, o‘shanda millionlab odamlar sovuq havoda elektr energiyasiz qolgan.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here