SI tufayli millionlab odamlar 4 kunlik ish haftasiga o’tishlari mumkin

0
131

Autonomy markazi mutaxassislarining ta’kidlashicha, sun’iy intellekt tufayli  kamroq ishlab ham oylik maosh o’zgarmagan holda haq olish mumkin.

Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, 2033-yilga kelib Buyuk Britaniya ishchilarining deyarli uchdan bir qismi ilg’or sun’iy intellekt texnologiyalarini o’zlashtirish tufayli to’rt kunlik ish haftasiga o’tishi mumkin.

Autonomy mustaqil tahlil markazi yangi hisoboti sun’iy intellektning hayotimizga ta’siri qisqaroq ish haftasiga o’tish imkoniyati haqidadir.

GPT-4 (Day Week) hisoboti mualliflari sun’iy intellekt tufayli Buyuk Britaniyada 8,8 million ishchi – iqtisodiy faol aholining 28 foizi 4 kunlik (32 soat) haftaga o‘tishlari mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bundan tashqari, 27,9 million kishi (Buyuk Britaniyadagi barcha ishchilarning 88 foizi) ish vaqtini kamida 10 foizga qisqartirishi mumkin.

Autonomy ish unumdorligini oshirish va ishchilar uchun sharoitlarni yaxshilash uchun sun’iy intellektdan foydalanish bo’yicha ikkita bashoratni, xususan, Buyuk Britaniyadagi mahalliy hokimiyat organlariga ushbu texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini tavsiflaydi.

Birinchi ssenariy ishchilar uchun bir xil ish haqini saqlab qolgan holda ish vaqtini 20 foizga qisqartirishni o’z ichiga oladi. Ikkinchi ssenariyda ishchilarning unumdorligi 10 foizga oshadi, bu esa bir xil ish haqini saqlab qolgan holda ish vaqtini 10 foizga qisqartirish imkonini beradi.

To’rt kunlik ish haftasiga o’tish bo’yicha turli tajribalar shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik natijalar unumdorlik darajasi saqlanib qolgani yoki oshganligini, shuningdek, xodimlarning farovonligi sezilarli darajada yaxshilangan.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here