Minskdagi KXShT sammiti Armaniston ishtirokisiz o‘tdi

0
188

Armaniston rasmiylari “hamkorlar uchun tushunarli sabablarga ko‘ra” KXShT sammitida qatnashmasliklari haqida oldindan ogohlantirgan. Ukrainadagi urush, Yerevan va Boku oʻrtasidagi mojaroga qaramay, Minskda “KXShT Yevroosiyo mintaqasi xavfsizligini taʼminlashning ajralmas elementi boʻlib qolishi” taʼkidlandi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Minskdagi sammiti Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirokisiz o‘tdi.

Yerevan avvalroq KXShTni Ozarbayjon bilan mojaroda Armanistonga yordam bermayotganlikda ayblab, mamlakatga yordam berish masalasini kun tartibidan olib tashlashni so‘ragan edi.

Yanvar oyida Armaniston o‘z hududida KXShT mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortgan edi. Sentyabr oyida mamlakat rasmiylari AQSh harbiylari bilan o‘n kunlik mashg‘ulotlar uyushtirib, Moskvaning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Shu bilan birga, Yerevan mamlakat hali tashkilotdan chiqishni rejalashtirmayotganini bildirmoqda.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here