Taxminan 4000 kvadrat kilometr maydonga ega ulkan muz qatlami harakatlana boshladi, deya xabar beradi Britaniya Antarktika tadqiqoti.
A23a aysbergi 37 yil oldin qit’adan ajralib chiqdi, lekin ko’p yillar davomida deyarli harakatsiz qoldi. 30 yildan ko‘proq vaqt oldin Antarktidadagi muzdan ajralib dunyodagi eng katta aysberg suzishni boshladi, deb xabar beradi Britaniya Antarktika tadqiqoti.
To’rt ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallagan ulkan muz qatlami 1986 yilda qit’adan ajralib chiqdi, ammo o’nlab yillar davomida Ueddel dengizida harakatsiz qoldi. Aysbergni harakatga keltirishi mumkin bo’lgan sabablardan biri global isish deb gumon qilinmoqda.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘tgan hafta Antarktidaga tashrif buyurdi. Antarktidadagi muzlik darajasi rekord darajaga pasaydi. BMT rahbari barcha mamlakatlar hukumatlarini global haroratning Selsiy bo‘yicha bir yarim darajagacha ko‘tarilishini cheklash uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.