BMT Xavfsizlik Kengashi Isroildagi vaziyatga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi

0
93

BMT Xavfsizlik Kengashi yig’ilishi Yaqin Sharqdagi vaziyat bo’yicha bayonot qabul qilmasdan yakunlandi, shu bilan birga butun dunyo bo’ylab Isroil va XAMASni qo’llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlari avj oldi.

BMT Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi vaziyat boʻyicha yopiq yigʻilish oʻtkazdi, biroq Isroilning XAMASni umumiy qoralash haqidagi dastlabki chaqiriqlariga qaramay, undan keyin hech qanday bayonot berilmadi. AQSh vakilining aytishicha, prezident Bayden Isroilni qo’llab-quvvatlaydi.

Robert Vud, AQSHning BMTdagi vakili oʻrinbosari: “Vaziyat beqaror va oʻta xavfli boʻlib qolmoqda. Biz ham mintaqa davlatlari kabi bu mojaro tarqalishining oldini olish uchun barcha saʼy-harakatlarimizni ishga solishimiz kerak. Shubhasiz, biz barcha tinch aholi haqida qayg’urmoqdamiz”.

Ayni paytda, Falastin tarafdori namoyishchilar Oq uy oldida miting o’tkazdi.

Qarshiliklarga qaramay, Vashington Isroilga harbiy texnika yetkazib beradi. Shuningdek, Sharqiy O‘rtayer dengiziga boshqa davlatlar, xususan, Eronning urushga aralashishini oldini olish uchun aviatashuvchi kema jo‘natmoqda.

Bir qator Yevropa davlatlarida falastinlik jangarilar tinch aholini tutib, garovga olgani aks etgan lavhalar norozilik uyg‘otdi. Berlinda yuzlab odamlar Isroilni qo’llab-quvvatlash uchun chiqdi.

Falastin tarafdorlari esa Iordaniya poytaxti Ummonda to’planishdi. 800 ga yaqin namoyishchi XAMASni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar ko’tarib chiqishdi. Shuningdek, ular arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga chaqirdi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here