Afg‘onistonda zilziladan halok bo‘lganlar soni 2440 nafardan oshdi

0
229

Afg‘onistondagi zilzila oqibatida kamida 2445 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Hirot viloyati tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi.

Afg‘onistonda ro‘y bergan bir necha kuchli zilzilalarda 2440 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deydi Tolibon rasmiylari.

Zilziladan Hirot viloyatidagi aholi punktlari eng ko‘p jabr ko‘rdi.

Mahalliy tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 13 qishloq deyarli butunlay vayron boʻlgan. Zilziladan jabr ko’rganlar soni 10 mingga yaqin.

Afg’oniston Qizil Yarim Oy Jamiyati mintaqaga kerakli yordamni yetkazmoqda.

Eslatib o’tamiz, 6,3 magnitudali birinchi zilzila 7-oktabr shanba kuni ertalab Hirot shahri shimoli-g‘arbidagi hududlarda sodir bo‘ldi. Birinchi zarbadan keyin yana kamida sakkizta kuchli silkinish kuzatildi.

BMT zilzila qurbonlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. Tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish Afg‘oniston xalqi tabiiy ofatdan oldin ham yordamga muhtoj bo‘lganini, ayniqsa qish yaqinlashayotganini esga oldi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here