BMT: “G’azodagi gumanitar inqiroz misli ko’rilmagan darajaga yetdi”

0
193

Birlashgan millatlar tashkilotining Falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi, agar hududga yoqilg‘i zudlik bilan yetkazilmasa, G‘azodagi yordam operatsiyalarini butunlay to‘xtatishga majbur bo‘lishini ma’lum qildi.

Isroilning kuchaytirilgan havo hujumlari G‘azo sektoridagi yordam operatsiyalarini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Chorshanba kuni Xamas tomonidan boshqariladigan Sog’liqni saqlash vazirligi kamida 6546 falastinlik halok bo’lgan va 17439 kishi yaralanganini ma’lum qilgan.

Bosqin ostidagi G‘arbiy Sohilda 7 oktabrdan beri 100 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 1650 nafari yaralandi.

Xamas tomonidan kasalxona direktorlaridan qurbonlar soni haqida olingan ma’lumot mustaqil ravishda tasdiqlashni iloji yo’q.

G’azodagi eng yirik gumanitar yordam tashkiloti bo’lgan BMTning Falastin qochqinlar agentligi, havo hujumlari tufayli yordam operatsiyalarini qisqartirishga to’g’ri kelishini va G’azoga yoqilg’i zudlik bilan yetkazilmasa, ularni butunlay to’xtatishga majbur bo’lishini bildirdi.

Yoqilg‘i, suv va dori-darmon taqchilligi sharoitida tibbiyot muassasalari yaradorlarni davolash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Joriy yil 7 oktabrdan buyon G‘azodagi 12 kasalxona va 46 birlamchi tibbiy yordam klinikasi shikastlanishlar, elektr energiyasi, ta’minot va xodimlar yetishmasligi sababli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Misrdan yordam jo’natmalari yuborilgan bo’lsada, shifoxonalar va suv ta’minoti ishlashi uchun zarur yoqilg’i tanqisligi sezilmoqda. Bundan tashqari oziq-ovqat zahiralari ham kamayib bormoqda.

Mahalliy hukumatlarning xabar berishicha, G‘azo sektoridagi barcha turar-joy binolarining 40 foizdan ortig‘i vayron bo‘lgan yoki shikastlangan, bu esa aholini boshpana izlashga majbur qilgan.

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi chorshanba kuni G‘azodagi gumanitar inqiroz misli ko‘rilmagan darajaga yetganini ma’lum qildi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here