AQSh Davlat kotibi Isroilda muzokaralar olib bormoqda

0
226

Antoni Blinken Iordaniya, Qatar va Saudiya Arabistonidagi muzokaralardan so‘ng arab yetakchilarining G‘azo sektorini tiklash va mintaqada uzoq muddatli tinchlikka erishish bo‘yicha takliflari bilan Tel-Avivga keldi.

AQSh va Yaqin Sharq davlatlari Isroilni G’azo sektoridagi harbiy amaliyotlar intensivligini kamaytirishga chaqirmoqda.

Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning G‘azo sektorini qayta tiklash bo‘yicha katta koordinatori Sigrid Kag bilan uchrashdi. Kag bu lavozimga dekabr oyi oxirida tayinlangan edi. Bu Falastin anklaviga insonparvarlik yordami yetkazilishini osonlashtiradi.

Ochlik va kasallik G’azo sektoridagi milliondan ortiq bolalarning hayotiga tahdid solmoqda, deydi UNICEF.Natijada, bolalar o’limi xavfi ortib bormoqda. Bir yuz ellik besh mingdan ortiq homilador ayollar yordamga muhtoj holda qolmoqda.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here