Yaponiyadagi zilzila: qurbonlar soni 126 kishiga yetdi

0
80

Yaponiyadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 100 nafardan oshdi. Ikki yuzdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

Yaponiyada 1-yanvar kuni mamlakatni larzaga keltirgan kuchli zilzila qurbonlari soni ortishda davom etmoqda. Shanba kuni rasmiylar 126 kishining halok bo‘lgani tasdiqlanganini aytdi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, biroq qutqaruvchilar omon qolganlarni topish imkoniyati kundan-kunga kamayib borayotganidan ogohlantirmoqda.

Ikki yuzdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi. Ularni qidirishga ob-havoning yomonlashuvi – qor va past haroratlar to’sqinlik qilmoqda. Hududda yer silkinishlari davom etmoqda va rasmiylarning aytishicha, allaqachon buzilgan yo’llarning bir qismi butunlay qulashi mumkin.

Biroq, qutqaruvchilar omon qolganlarni topishda davom etmoqda. Xabar qilinishicha, Anamizu shahrida qulagan ikkita uy ostida 11 kishi qolgan.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here