Chuqur o’rganish modellari yordamida Staphylococcus aureus (MRSA) bakteriyalariga qarshi yangi antibiotiklar klassi topildi.
Sun’iy intellektdan (SI) foydalanish tibbiyotda muhim elementga aylanmoqda. Bu texnologiya olimlarga 60 yil ichida birinchi yangi antibiotiklarni topishga yordam berdi.
Har yili butun dunyo bo‘ylab minglab odamlarni vafot etishiga sabab bo’ladigan doriga chidamli bakteriyani yo’q qiladigan yangi birikmaning topilishi antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurashda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) tibbiyot muhandisligi va fani professori, tadqiqot mualliflaridan biri Jeyms Kollinz shunday dedi: “Modellar ma’lum molekulalar yaxshi antibiotiklar bo’lishini bashorat qiladi va biz bu jarayonni kuzatish imkoniga egamiz”.
“Bizning tadqiqotimiz ko’p vaqt va resurslarni talab qilmaydi va kimyoviy tuzilmani biz ilgari qilmagan tarzda tahlil qilish imkonini beradi”, dedi Kollinz.