Rossiya: Prezidentlikka 29 ta potensial nomzod o’zaro “kuch sinashadi”

0
243

Belgilangan muddat tugashiga bir necha kun qolganida MSK prezidentlik poygasida ishtirok etish uchun arizalarni tekshirishni boshlaydi.

Potensial 29 kishi prezidentlikka nomzod bo’lishi mumkin. Bu haqda shanba kuni Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lum qildi. O‘zini-o‘zi nomzod qilib ko‘rsatganlarning “tashabbus guruhlari”ni – kamida 500 kishini ro‘yxatdan o‘tkazishiga sanoqli kunlar qoldi (27 dekabrdan kechiktirmay). Aynan ular poyga uchun nomzodni rasman ko’rsatishga chaqiriladi va keyinchalik imzo to’plashni boshlaydi.

Rasmiy tan olingan siyosiy partiyalarning hali vaqtlari bor, lekin ular allaqachon otni qamchilashga kirishishgan. Hozirgacha mamlakatning asosiy muxolifat kuchi hisoblangan Rossiya Kommunistik partiyasi (KPRF) faxriy deputat, 75 yoshli Nikolay Xaritonov nomzodini ilgari surdi.

29 nomzod orasida “Fuqarolik tashabbusi” partiyasi tomonidan ilgari surilgan Moskva viloyati deputati Boris Nadejdin ham bor. U “tinchlik nomzodi” sifatida tanilgan, chunki u “maxsus harbiy operatsiya” deb nomlangan Ukraina bilan urushni to’xtatishga ochiq chaqirgan.

Rasmiy ravishda Vladimir Putin ham mustaqil nomzod sifatida ilgari surgan  va u hali qo‘llovchilar imzosini to‘plagani yo‘q. Shanba kuni bir qancha viloyatlarda imzo to‘plash kampaniyasi rasman boshlandi.

Eslatib o’tamiz, mustaqil nomzod ro‘yxatga olinishi uchun Rossiyaning kamida 40 ta hududida 300 000 dan kam bo’lmagan imzo to‘plashi kerak, har bir alohida mintaqadan esa 7 500 dan ko‘p bo‘lmagan imzo to‘plashi kerak. Yuqorida aytilgan shartlarning barchasi mustaqil nomzodlarga taalluqlidir; partiyadan nomzodga qo’yiladigan talablar biroz soddaroq. Barcha arizalarni qabul qilgandan so’ng, komissiya saralanganlarni 15-17 mart kunlari bo’lib o’tadigan saylovlarda rasmiy nomzod sifatida ishtirok etish uchun yashil chiroqni yoqadi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here