Yevropa Ittifoqi: o’ta o’ng partiyalarni taqiqlash kerakmi?

0
153
FILE PHOTO: European Union flags flutter outside the EU Commission headquarters in Brussels, Belgium June 17, 2022. REUTERS/Yves Herman

“Germaniya uchun muqobil” partiyasi atrofida avj olgan janjal fonida o‘ta o‘ng partiyalarni taqiqlash chaqiriqlari yangray boshladi. Bu haqda siyosatshunoslar qanday fikrda?

Germaniyada yaqinda mojaroga sabab bo’lgan “GuM” partiyasiga qarshi norozilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, o‘ng qanot populistlari neonatsistlar va o‘ng qanot radikallar bilan yashirin uchrashuv o‘tkazgan va ularda qochqinlar va xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi muhokama qilingan.

Marko Vandervits, CDU deputati: “GuM”  demokratik partiya emas, u o’ta o’ng partiya. Va bizning asosiy qonunimiz 1945-yil ruhi, Veymar demokratiyasi, milliy sotsializm muvaffaqiyatsizligi ruhi bilan sug’orilgan. Bizning asosiy qonunimiz o’zini himoya qilishga qodir demokratiya ruhidan nafas oladi. Bu radikal partiyalarni taqiqlash imkoniyatini nazarda tutadi”.

Yevropada o’ta o’ng partiyalarni taqiqlash holatlari bo’lgan.

Kas Maddi, siyosatshunos: “O’ta o’ng partiyalar taqiqlangan edi. Lekin bu partiyalar deyarli har doim juda kichik edi, 80-yillarda Avstriyadagi Milliy-demokratik partiya, 86-yilda Niderlandiyadagi Markaz partiyasi, Germaniyadagi Sotsialistik Reyx partiyasi kabilar misol bo’ladi. “Oltin shafaq” partiyasi yaqinda Gretsiyada taqiqlangan edi, lekin bu partiya tanazzulga yuz tutgan davrda sodir bo’ldi. “Oltin shafaq” bor-yo’g’i 5-6 foiz ovozga ega edi”.

Qoidaga ko’ra, Yevropada siyosiy partiyalar faqat konstitutsiyaga zid deb e’lon qilingan taqdirdagina taqiqlanishi mumkin.

Kler Berchet, King’s College London: “Partiyani taqiqlash ekstremistlarni rag’batlantirishi va yanada radikallashuvga olib kelishi mumkin. Misol uchun, “GuM”  allaqachon “tizim bizga qarshi” deya unga qarshi muvofiqlashtirilgan media kampaniyasi borligini da’vo qilmoqda. Agar “GuM”  taqiqlansa, partiya tarafdorlari faqat “GuM”  bayonotlarining to’g’riligiga ishonch hosil qilishadi.

Siyosatshunoslarga ko’ra, o’ta o’ng partiyalarni taqiqlash muammoga davo topish emas, balki simptomlarni davolashdir.

Kas Maddi, siyosatshunos: “Gap shundaki, liberallar, markaz, asosiy oqim, siz ularni  qanday atashdan qat’I nazar, oʻnlab yillar davomida qoʻllab-quvvatlashni yoʻqotib kelmoqda. Yechim shunchaki ilonning boshini kesib tashlashda emas, balki partiyalar uchun ozuqa manbaini yo’q qilish kerak”.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here