Venetsiya shahriga bir kunlik tashrif uchun to’lovni joriy qilmoqda. Shu tariqa rasmiylar dam olish kunlari va dam olish mavsumlarida sayyohlar oqimini kamaytirishga umid qilmoqda.
Venetsiya ma’muriyati sayyohlardan shaharga bir kunlik tashrif buyurish uchun haq to’lash bo’yicha uzoq yillik rejasini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Ular shu yil boshidan turistik soliqni joriy qilmoqchi edilar. Ammo logistika muammolari va bu sayyohlik daromadining pasayishiga olib kelishidan qo’rqishlari sababli vaqtincha to’xtatishga qaror qilishdi.
Shaharga kirish to’lovi chet ellik mehmonlar oqimini kamaytirish, ularni uzoqroq qolishga undash va pirovardida mahalliy aholi hayotini yaxshilash uchun mo’ljallangan.
Nima uchun Venetsiya sayyohlarga soliq joriy qiladi?
Joriy yilning boshida Venetsiya o’zining mo’rt ekotizimiga zarar yetkazgan ortiqcha turizm tufayli YuNESKOning xavfli obyektlari ro’yxatiga kiritilishiga bir bahya qoldi.
Tashkilotga a’zo davlatlar shaharga pullik kirishni joriy etish rejalarini hisobga oldilar, shuning uchun uni yuqoridagi ro’yxatga kiritmadilar.
Venetsiya meri Luidji Brunayro qo’shimcha daromad olish uchun chora ko’rilmaganini aytdi. U buni dunyoning eng ko‘p tashrif buyuradigan yo‘nalishlaridan birida turizmni tartibga solish bo‘yicha “birinchi tajriba” deb atadi.
Rasmiylar sayyohlarni Italiya shahri bo’ylab ekskursiyalar uchun “eng issiq davrlarni” tanlashga emas, balki boshqa kunlarda kelishga undamoqchi.