Tayvandagi saylovlar Pekinni xavotirga solmoqda

0
185

Tayvandagi prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilingandan so’ng, g’olib bo’lgan nomzodni turli mamlakatlarning yuqori darajadagi hukumat vakillari tabrikladi. Orolga AQSH delegatsiyasi yetib keldi.

Lay Sinde va uning Demokratik progressiv partiyasiga Tayvandagi prezidentlik saylovidagi g‘alabasi munosabati bilan tabriklar kelishi davom etmoqda. Jumladan, o’zini o’zi boshqaradigan orol bilan iliq, ko’pincha norasmiy munosabatlarni saqlaydigan bir qator mamlakatlarning rasmiylari va hatto vazirlari tomonidan qutlovlar yo’llandi.

Yakshanba kuni u yerga yuqori martabali amerikalik amaldorlardan iborat delegatsiya mahalliy siyosiy rahbariyat vakillari bilan muzokaralar olib borish uchun yetib keldi.

Maʼlumki, delegatsiya tarkibida AQShning milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi Stiven Xedli, Davlat kotibining sobiq oʻrinbosari Jeyms Steynberg va Tayvandagi Amerika instituti (AIT) rahbari Laura Rozenberger bor. So’nggisi de-fakto Vashingtonning oroldagi vakili rolini o’ynaydi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Vashington va boshqa xorijiy missiyalarning Lay Sindeni tabriklagan harakatlarini qoraladi. Xitoy rasmiylari Pekinni chetlab o’tuvchi orol bilan har qanday rasmiy aloqalarga qarshi ekanliklarini eslatdi. U ovoz berish natijalaridan norozi edi, chunki Tayvanning yangi rahbari orol mustaqilligi va AQSh bilan yaqinlashish tarafdori sanaladi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here