Sun’iy intellektning jadal rivojlanishi siyosatchilar va tadbirkorlarni xavotirga solmoqda

0
152

Dunyo boʻylab qariyb oʻnlab davlatlar, jumladan AQSh va Xitoy sunʼiy intellekt insoniyatga halokatli zarar yetkazmasligini taʼminlash uchun hamkorlik qilishga vaʼda berdi. Bu haqda IT xavfsizligi bo‘yicha London sammiti ishtirokchilari bayonot berishdi. Ular alohida davlatlar va kompaniyalar o’rtasidagi raqobat davom etishini, ammo bozor ishtirokchilari va siyosatchilar ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda ishlashga harakat qilishlarini ta’kidladilar.

Ilon Mask, tadbirkor:

“Biz sun’iy intellektning afzalliklarini cheklaydigan qoidalarni qo‘ymaslik uchun cheklovlardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Shuning uchun men ishni  tahlil, kuzatish, uchinchi tomonning neytral fikrlarini eshtishdan boshlashingizni va keyin qoidalarni joriy qilish bo’yicha taklif qilishingizni talab qilaman.

Bir necha kun oldin BMT Bosh kotibi sun’iy intellekt bo’yicha yuqori darajadagi maslahat organi tuzilganini e’lon qildi.

AQSh prezidenti Jo Bayden dushanba kuni sun’iy intellektni ishlab chiqish va joriy qilishni tartibga soluvchi farmonni imzoladi. Hujjat xususan, ishlab chiquvchilarni xavfsizlik tekshiruvlari natijalarini hukumat bilan baham ko’rishga majbur qiladi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here