Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezidentga impichment qo’llash uchun yashil chiroq yoqdi

0
241

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining aksariyati Salome Zurabishvili Konstitutsiyaning prezident vakolatlari haqidagi qoidalarini buzgan deb hisobladi.

Shu sababli Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga impichment e’lon qilinishi kutilmoqda. Konstitutsiyaviy sud uning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga hukumatning roziligisiz safarlarini mamlakat Asosiy qonunini buzish, deb topdi. Bu masala hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi tashabbusi bilan Zurabishvilini hokimiyatdan chetlatish tartibi doirasida ko‘rib chiqildi.

Qonunga ko‘ra, hal qiluvchi ovoz parlamentda bo‘lishi kerak: impichmentni qabul qilish uchun deputatlarning uchdan ikki qismining ovozi zarur. “Gruzin orzusi” 150 oʻrindan 84 tasiga ega. Muxolifatdagi partiyalar hozircha prezidentning isteʼfosini qoʻllab-quvvatlamasligini maʼlum qilgan.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here