Fransiyada abort qilish konstitutsiyaviy huquqqa aylanishi mumkin

0
69

Fransiya Senati abort huquqini konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish uchun ovoz berdi. Yakuniy qaror qabul qilinishiga bir qadam qoldi – 4 mart kuni parlament qo‘shma majlisi o‘zgartirishni ma’qullashi kerak.

Fransiya parlamentining qo‘shma yig‘ilishida ayollarning abort qilish huquqini mamlakat konstitutsiyasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bir kun avval parlament quyi palatasi yakunlari bo‘yicha Senat tegishli tuzatish uchun ovoz berdi.

Ovoz berishda qatnashgan 317 senatordan 267 nafari yoqlab, 50 nafari qarshi chiqdi.

Fransiya o’z konstitutsiyasiga ayollarning abortni tanlashi uchun “kafolatlangan erkinlik” ni kiritish niyatida.

Erik Dyupon-Moretti, Fransiya adliya vaziri: “Ochig‘ini aytaylik: hukumat mutlaq, cheksiz huquq yaratish niyatida emas. Bugungi maqsad ayollar erkinligini himoya qilish, uni kengaytirish emas. Sodda qilib aytganda, hukumat kelajakda ko’pchilik ayollarning o’z tanalarini nazorat qilish erkinligini buzish huquqbuzarligi oldini olmoqchi” .

Fransiya hukumati, qonunchilar va senatorlar abort huquqlari to’liq konstitutsiyaviy himoyaga muhtoj, chunki ular Yevropa va Qo’shma Shtatlarda xavf ostida, deb ta’kidlamoqda.

Senat muhokamasidan so‘ng abort tarafdorlari ovoz berish natijalaridan qoniqish hosil qilishdi.

Fransiya konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar parlamentning an’anaviy ravishda Versal saroyida bo‘lib o‘tadigan qo‘shma majlisida ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullanishi kutilmoqda.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here