Yevropa Ittifoqining yashil siyosatidan norozilik kuchaydi.
Yevropa Ittifoqining atrof-muhit va savdo siyosatidan noroziliklarini bildirish uchun fermerlar, jumladan qoʻshni davlatlar Yevropa parlamenti binosiga yigʻilishdi. Namoyishda o‘ta o‘ng qanotdagi yevropalik deputatlar ishtirok etishdi.
Namoyish Fransiya yoki Germaniyada bo’lib o’tganlairga qaraganda ancha kichikroq miqyosda edi. Biroq chorshanba kuni yuzga yaqin fransuz, golland va italiyalik fermerlar Yevropa parlamenti oldida to‘planishdi.
Patrik Legra, Coordination Rurale kasaba uyushmasi vakili:
“Biz shuni aytmoqchimizki, boshqa Yevropa mamlakatlarida bo’lgani kabi, Fransiyada yaxshi mahsulot ishlab chiqarish qanchalik qiyinligini bilmaydigan “oq yoqaliklar” qaror qabul qilmaydi. Shuningdek, bizning plakatlarimizda yozilganidek, biz tartibga solinmagan importni to’xtatishni talab qilamiz”.
Fermer xo‘jaliklari uyushmalarini ayniqsa, “yashil bitim” va Yevropa Ittifoqi erkin savdo kelishuvidan norozi. Namoyishchilarga fikricha, ular Yevropa qishloq xo‘jaligi bozoriga zarar yetkazadi va fermerlarning cho‘ntagiga zarba beradi. Vaziyatdan o‘ta o‘nglar siyosiy ustunlikka erishmoqchi ko’rinadi, buni mitingda ba’zi yevropalik deputatlarning ishtirok etishi ham tasdiqlaydi.