Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo’mondoni: Urush boshi berk ko’chaga kirdi

0
275

Ukrainaning bildirishicha, so‘nggi 24 soat ichida 100 dan ortiq aholi punkti Rossiya kuchlari tomonidan artilleriyadan o‘qqa tutilgan.

Rossiya qo’shinlari Kupyanskiy, Baxmutskiy, Avdeevskiy, Maryinskiy va Shaxtyor yo’nalishlarida Ukraina qo’shinlarining pozitsiyalariga hujum qilishdi, ammo muvaffaqiyatga erishmagan. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi hisobotida aytiladi.

Ukraina so‘nggi 24 soat ichida Chernigov, Sumi, Xarkov, Lugansk, Donetsk, Zaporojye, Xerson va Nikolaev viloyatlarida 100 dan ortiq aholi punktlari artilleriyadan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi.

O’nlab qishloq va shaharlar havo hujumlariga uchragan. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning so‘zlariga ko‘ra, harbiy mojaro statik va cho‘zilgan janglar bilan pozitsion urushning yangi bosqichiga o‘tmoqda.

Ukraina va Rossiya o’rtasidagi urush “boshi berk ko’cha”ga yetib keldi va har ikki tomon uchun muvaffaqiyatsiz uzoq yillar davom etishi xavfi bor. Bu haqda Zalujniy The Economist nashriga bergan intervyusida aytdi.

“Biz yangi texnologiyalarning kuchidan foydalanishimiz kerak”, dedi Zalujniy. Uning fikricha, pozitsion urushning eng katta xavfi shundaki, u yillar davomida davom etishi va Ukraina davlatini charchatishi mumkin.

“Rossiya kamida 150 ming kishini yo’qotdi. Boshqa har qanday davlatda bunday yo’qotishlar urushni to’xtatgan bo’lardi”, – deya ta’kidladi bosh qo’mondon.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here