YKAning “Cheops” missiyasi Yerdan 100 yorug‘lik yili uzoqlikda noyob yulduz tizimini aniqladi

0
225

Yevropa kosmik agentligi missiyasi barcha sayyoralar rezonansda bo‘lgan noyob yulduz tizimini topdi.

Yevropa kosmik agentligi Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan ekzosayyoralarni kashf qilish va o’rganish uchun bir qator missiyalarni amalga oshiradi.

Shunday missiyalardan biri, “Cheops” (CHaracterising ExOPlanet Satellite)) 100 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan noyob yulduz tizimini topdi.

YKAning aytishicha, bu muhim topilma, chunki u bizga sayyoralar tizimining shakllanishi va evolyutsiyasi haqida ma’lumot berishi mumkin.

“Cheops” missiyasi HD110067 deb nomlangan yulduzni kamida oltita sayyora aylanib chiqishini aniqladi va bu sayyoralar orbitalarining konfiguratsiyasi shuni ko’rsatadiki, tizim bir milliard yil avval paydo bo’lganidan beri deyarli o’zgarmagan.

Chikago universitetining astronomiya bo‘limi xodimi Rafael Luke: “Bizning fikrimizcha, barcha tizimlarning atigi bir foizi rezonansda qolmoqda”. Shuning uchun HD110067 maxsus va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladi. Bu bizga sayyoralar tizimining sof konfiguratsiyasini ko‘rsatadi”.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here