“Uzoq shamollash”: ORIdan keyin surunkali alomatlar bir necha hafta davom etadi

0
10710

Yangi tadqiqot shuni ko’rsatdiki, odamlar nafaqat COVID, balki boshqa nafas yo’llari infeksiyalari ham keltirib chiqaradigan uzoq muddatli simptomlarni boshdan kechirishlari mumkin.

Yangi tadqiqot shuni ko’rsatdiki, shamollash, gripp yoki pnevmoniya kabi nafas olish kasalliklarining belgilari dastlabki infeksiyadan keyin to’rt haftadan ko’proq davom etishi mumkin.

Londondagi Qirolicha Mariya universiteti olimlari COVID-19 va boshqa kasalliklarning uzoq muddatli alomatlarini solishtirish uchun 10 000 dan ortiq odam maʼlumotlarini tahlil qilishdi.

Uzoq muddatli COVID-19 millionlab odamlarga ta’sir qiladigan tan olingan kasallik bo’lsa-da, faqatgina ayrim tadqiqotlar uni boshqa o’tkir respirator kasalliklardan keyingi uzoq muddatli alomatlar bilan taqqoslagan. Tadqiqot natijalari The Lancet’s eClinicalMedicine jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar infeksiyadan bir necha hafta o’tgach, odamlarda yo’tal, oshqozon og’rig’i va diareya kabi “uzoq shamollash” belgilari paydo bo’lishi mumkinligini aniqladilar.

COVID-19 dan tuzalganlar bosh aylanishi, ta’m va hid bilan bog’liq muammolarni boshdan kechirishi kuzatilgan.

Uzoq muddatli shamollashni tashxislash qiyin

“Tadqiqot shunisi bilan muhimki, u oʻtkir respiratorli infeksiyadan (ORI) tiklanish sabablaridan qatʼi nazar, sekin kechishi va odamlar normal hayotga sekin qaytishini kutishlari va oʻtkir respirator infeksiyadan soʻng darhol toʻliq faoliyatga qaytishni kutmasliklari kerakligini koʻrsatadi, dedi Piter Openshou, London Imper kollejining eksperimental tibbiyot professori.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here