G’azodagi shifoxona portlashidan keyin namoyishlar boshlandi

0
226

Bir qator hollarda namoyishlar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to’qnashuvga aylanib ketgan.

G’azodagi shifoxona portlashidan keyin Yaqin Sharqda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Falastinliklar va ularning tarafdorlari Isroilni raketa zarbasini uyushtirganlikda ayblamoqda.

Ko’plab falastinlik qochqinlar yashaydigan Iordaniyada Isroil elchixonasi oldida namoyishlar bo’lib o’kazmoqda. Xavfsizlik kuchlari elchixonaga olib boruvchi ko‘chalarni to‘sib qo‘ygan.

Bayrutda AQSh elchixonasida namoyish bo’lib o’tdi. Uning ishtirokchilari suv va ko’zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatildi.

G’arbiy Sohildagi Xevron shahrida o’nlab falastinliklar Isroil askarlari bilan to’qnashdi. Nablus va Ramalloh shaharlarida ham namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi.

Bag‘dodda Tahrir maydonida boshlangan namoyish ishtirokchilari Amerika rasmiylari joylashgan “yashil hudud”ga kirishga harakat qilgan, biroq xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga to‘sqinlik qilgan.

Istanbulda norozilik namoyishi politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. 60 ga yaqin odam yaralangan, tartibsizliklarning besh tashabbuskori hibsga olingan. Turkiyaning bir qancha yirik shaharlarida ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Mamlakat rasmiylari portlash qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi.

Tehronda namoyishchilar Fransiya va Britaniya elchixonalariga osilgan Isroil bayroqlarini yoqib, elchixona binosiga tuxum otishgan.

Nyu-Yorkda bir vaqtning o’zida ham falastinliklarni, ham Isroilni qo’llab-quvvatlovchi namoyishlar bo’lib o’tdi. To‘qnashuvlarning oldini olish uchun politsiya ikki guruhni ajratishga majbur bo‘ldi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here