Gonkong noyabr oyida Xitoyning janubiy Guangdong provintsiyasi qirgʼoqlari yaqinidagi dengiz platformasidan oʼzining ilk sunʼiy yoʼldoshli raketasini uchiradi.
Hong Kong Star masofaviy zondlash sunʼiy yoʼldoshini ishlab chiqaruvchisi HK Aerospace Technology Group kompaniyasi boʼlib, u har yili 300 ta tijorat kosmik apparatlarini tayyorlashni vaʼda qilgan.
Birinchi Gonkong sunʼiy yoʼldoshi tabiiy ofatlarni bashorat qilish va aqlli shaharlarni loyihalash uchun zarur boʼlgan yuqori aniqlikdagi optik tizim bilan jihozlangan.
Qayd etish lozim, koinot sanoatiga xususiy kapitalning kelishi bilan ishlab chiqarishning oʼzi ham oʼzgardi. U texnologik jihatdan yanada rivojlangan: raketaning oʼzi, sunʼiy yoʼldosh va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish xarajatlari kamaydi. Misol uchun, eng arzon sunʼiy yoʼldosh taxminan 500 ming yevro turadi. U kichik va tor doiradagi vazifalarni bajaradi.
Maʼlumot uchun, kosmosga chiqish narxi 1 kg foydali yukni orbitaga chiqarish qanchaga tushishi bilan baholanadi. Ushbu koʼrsatkich kosmik sanoatining barcha oʼyinchilari, shu jumladan Ilon Mask uchun ham tegishli. Shunday qilib, soʼnggi yillarda bir kilogramm foydali yukni kosmosga uchirish narxi tubdan kamaydi.
Masalan, SpaceX da 1 kg foydali yukni orbitaga chiqarish xarajati taxminan 12 ming dollarni tashkil etadi va bu 10 yil avval Amerika va Rossiya joʼnatgan yukdan 2 barobar arzon.
Raketa-tashuvchini uchirishning oʼrtacha narxi 60-80 million dollar boʼlsa, sunʼiy yoʼldoshni uchirish narxi 2-3 million dollar hisoblanadi.