“Ommaviy-huquqiy tadqitqotlar markazi” ilmiy-tadqiqot muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda ommaviy xizmatning islohoti: ong va huquqiy siyosatdagi o‘zgarishlar” mavzusida IV Xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya 15-19-aprel kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada huquq va ommaviy boshqaruv sohasidagi taniqli olimlar, amaliyotchilar, Germaniya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi ekspertlari hamda mamlakatimiz davlat organlari vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiya mavzusi “ommaviy xizmat” kabi ommaviy boshqaruvning eng muhim tushunchalaridan biri hisoblangan muzokarali masalalarni muhokama qilishga qaratildi.
Konferensiya huquq va davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy ilmiy jamoatchilik va amaliyot vakillari o‘rtasida ochiq muloqotni rivojlantirish, milliy va xorijiy ekspertlar bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini muhokama qilish, shuningdek, yuridik ta’lim va fan bo‘yicha fanlararo kadrlar tayyorlashni takomillashtirishga hissa qo‘shishni o‘z oldigan asosiy maqsad qilib qo‘ygan holda o‘tkazildi.
Konferensiya so‘nggida bir qancha vazifalar belgilab olindi.