Adliya vazirli tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib muhokamaga joylashtirilgan.
Kodeks loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarni muhokama qilish, loyihani takomillashtirish bo‘yicha fikrlar almashish maqsadida vazirlik tashabbusi bilan “Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiyada Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, mahalliy va 10 ga yaqin xalqaro tashkilotlar ekspertlari, ilmiy hamjamiyat, o‘rta va yirik biznes vakillari ishtirok etmoqda.