0,00 UZS

No products in the cart.

16.1 C
London
Yakshanba, Sentabr 25, 2022

Алмазбек Атамбоевга қотиллик айблови қўйилди

- Advertisement -
- Advertisement -

Қирғизистоннинг собиқ президенти Алмазбек Атамбоев қотиллик ва бошқа қатор оғир жиноятларда айбланмоқда. Бу ҳақда РИА Новости Бош прокуратура ходимига таяниб хабар берди.

Knews хабарига кўра, Бош прокуратура Қўй-Тошдаги воқеалар муносабати билан собиқ президент Алмазбек Атамбоевга қарши айблов эълон қилди. Бу ҳақда бош прокурор Откурбек Жамшитов маълум қилган.

«Бугун Атамбоевга тартибсизликларни уюштириш, қурол-яроғнинг ноқонуний айланмаси, терговга тўсқинлик қилиш, одамларни гаровга олиш, ўлдириш ва қотилликка уриниш айбловлари қўйилди», – деди бош прокурор.

Унга кўра, Атамбоевга ташкилотчи сифатида Қирғизистон Республикаси Жиноят кодексининг турли моддалари – «Ҳокимият вакилига таҳдид ёки зўравонлик», «Прокурор, терговчи, тергов идорасининг ваколатли мансабдор шахси фаолиятига тўсқинлик қилиш», «Оммавий тартибсизликлар», «Қотиллик», «Қотилликка уриниш», «Одамларни гаровга олиш», «Қуролнинг ноқонуний айланмаси» моддаларида кўзда тутилган бир қатор жиноятлар бўйича айбловлар қўйилган.

Аввалроқ, республика Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси раҳбари Орозбек Опумбаев Атамбоев махсус кучларга қарата ўқ узганини айтган эди.

Қирғизистон собиқ президентининг ўзи «тарафдорларида ҳатто чўзма (рогатка) ҳам бўлмаганини» иддао этган. Шу билан бирга, унинг тасдиқлашича, ўз қароргоҳига ҳужум бошланганда ўқ узган.

«Мен йигитлар учинчи қаватга чиқишганида ўқ уздим. Йигитларга тегиб кетмасликка ҳаракат қилдим», – деди Атамбоев.

Қирғизистоннинг собиқ президенти Алмазбек Атамбоев суд қарори билан 26 августгача ҳибсга олинган. У 8 август куни ушланди.

Бундан олдин, Атамбоев Қирғизистонда давлат тўнтаришига тайёргарлик кўришда айбланганди.

- Advertisement -

Latest news

“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun”

Adliya vazirli tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib muhokamaga joylashtirilgan. Kodeks loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarni muhokama qilish, loyihani takomillashtirish bo‘yicha...
- Advertisement -

2022-yil avgust soni

«Huquq va burch» jurnali Chop etilgan vaqti: 2022-yil, avgust Sahifalar soni: 64 sahifa Chop etilgan maqolalar soni: 13 tа Jurnal bahosi: 20 000 so‘m   MUNDARIJANI KO‘RISH YUKLAB OLISH     USHBU SONDA: O‘ZBEKISTON NOTARIATI...

O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish – “Legal Tech” orqali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash

Hozirda butun dunyo mamlakatlari mavjud ijtimoiy munosabatlarning har bir sohasini tez va shaffof rivojlantirish maqsadida raqamli texnologiyalarni qo‘llayapti. Mana shunday texnologiyalar huquq sohasiga ham...

Yillik mehnat ta’tillari haqida nimalarni bilamiz?

Dam olish vaqtining alohida turi hisoblanuvchi mehnat ta’tillarini olishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash xodimlarning mehnat munosabatlaridagi huquqlarini ustuvor darajada himoya qilishni ta’minlaydi. Xodimlarning dam olish vaqti...

Related news