Shimoliy Yevropada suv toshqinlari kuzatilmoqda: daryolar sathi yuqoriligicha qolmoqda

0
355

Shimoliy va Markaziy Yevropadagi daryolarda suv darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Jabrlangan aholi hududlardan evakuatsiya qilinmoqda.

Germaniyaning Saksoniya shtatida Elba daryosidagi suv sathi me’yordan to‘rt metrga ko‘tarildi va rasmiylar Magdeburg viloyatida so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta shlyuzlarni ochdi. Serengeti bog‘ining bir qismi suv ostida qoldi: lemurlar, cho‘l itlari va surikatlarni hayvonot bog‘idagi balandroq joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.

“Menimcha, sport zalida tunab qolamiz. Balki kechki payt uyga qaytamiz. Bilmayman, ko’ramiz. Tabiat oldida ojizmiz”, – deydi mahalliy aholi Dirk Elgert.

Qo‘shni Niderlandiyaning sharqiy qismida Reyn daryosidagi suv sathi me’yordan yuqori bo‘lgan, biroq sinoptiklar kelgusi haftada ular sezilarli darajada pasayishini taxmin qilmoqda. Ayniqsa, Deventer shahri zarar ko‘rgan, qutqaruvchilar Eyssel daryosi bo‘ylab qum qoplarini yotqizib, yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.

Vengriyada kuchli yog‘ingarchilik va qor erishi tufayli Dunay daryosi qirg’og’idan toshib ketdi. Garchi mamlakat g‘arbidagi kichik daryolardagi suv sathi me’yorga qaytayotgan bo‘lsa-da, meteorologlar Dunay yangi yilning birinchi haftasida to’la bo‘lishini kutishmoqda.

Britaniya shimolida “Gerrit” to‘foni davom etmoqda. Uelsdagi yuzlab uylar elektr ta’minotisiz qoldi, Angliyaning Yorkshir grafligida esa jip yo’ldan chiqib, daryoga cho’kib ketishi oqibatida uch kishi halok bo’ldi.

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here