HomeYangiliklarMagistratura kontraktini to‘lash: kimlarga imtiyoz bor?

Magistratura kontraktini to‘lash: kimlarga imtiyoz bor?

Magistratura nartijalari e’lon qilindi. Qonunchilikda magistraturaga o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘liq to‘lab berilishi belgilangan. Buning uchun talaba qizlar qayerga murojaat qilishi kerak? Ular xususiy OTMlar magistraturasiga kirsa ham kontrakti to‘lab beriladimi? Erkaklarga-chi? Kontrakt to‘lashda ularga ham qandaydir imtiyozlar berilganmi?  Hudud24.uz ariza berish muddati, ta’lim krediti, soliq imtiyozlari haqida ma’lumot beradi.

1. Xotin-qizlarning xususiy OTMlardagi kontrakti ham to‘lab beriladimi?

Yo‘q, faqat davlat OTMlarida o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun magistratura bosqichiga kontraktning to‘liq summasi budjetdan qoplab beriladi.

2. Xotin-qizlar kimga murojaat qilishi kerak?

Xotin-qizlar rektor nomiga 15 sentyabrgacha ariza berishi kerak.

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

3. Erkaklarning magistratura kontraktini to‘lash uchun imtiyozlar bormi?

Erkaklar uchun qonunchilikda alohida imtiyozlar belgilanmagan, shunday bo‘lsa-da umumiy imtiyozlar mavjud.

Ta’lim krediti

Xususan, davlat tomonidan begilangan banklardan 14 foizlik ta’lim krediti olish mumkin. Ta’lim krediti 7 yil muddatga beriladi.

Kredit olish uchun banklarga quyidagi hujjatlar beriladi:

    • ariza;
    • shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda).
    • shartnomada o‘qishni tamomlashning muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
    • garov va kafillik bo‘yicha hujjat.

Arizani istalgan vaqtda berish mumkin, aniq cheklovlar mavjud emas.

Kontraktning 50 foiz qismi davlat tomonidan qoplab beriladi

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar kontraktining 50% qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (16 mln 500 ming) qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi. Buning uchun tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza berish kerak.

Soliq imtiyozi

Kontraktni ish haqi yoki boshqa daromadlardan to‘laganda soliq imtiyozlari beriladi. Ya’ni ta’lim uchun sarflangan mablag‘lardan soliq olinmaydi.

Imtiyozdan quyidagi kishilar foydalana oladi:

    • farzandi shartnoma asosida tahsil oladigan ota-onalar (bunda farzand 26 yoshga to‘lmagan bo‘lishi zarur);
    • turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar (tahsil olayotgan shaxs 26 yoshga to‘lmagan bo‘lishi zarur);
    • yoshidan qat’i nazar talabalar.

 

Aloqador maqolalar

Ko‘p o‘qilgan

Mutolaa